5 onlayn
UZ RU EN

Jadid adabiyoti — ma’rifat manbayi

12.03.2026 11:25 118 marta ko'rildi

Viloyat axborot-kutubxona markazida kitobxonlar uchun “Jadid adabiyoti — ma’rifat manbayi” mavzusida kitob ko‘rgazmasi tashkil etilib, unda jadid ma’rifatparvarlarining boy adabiy merosi namoyish etildi. Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi jadid adabiyotining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish, yosh avlodni ilm-ma’rifatga hamda Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashdan iborat.

Ko‘rgazmada jadid adabiyotining yirik namoyandalari — Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon kabi ma’rifatparvarlarning asarlari, ularning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan kitoblar hamda ilmiy tadqiqotlar o‘rin oldi. Ushbu adabiyotlarda xalqni uyg‘otish, ilm-fan va taraqqiyotga chorlash g‘oyalari keng yoritilgan.

Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar jadid adabiyotining tarixiy ahamiyati hamda uning milliy uyg‘onish davridagi o‘rni haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

PDF Ko'rish
Kutubxona bot Onlayn
Salom! 👋 Qanday yordam bera olaman?