2 onlayn
UZ RU EN

Kitobsiz uy — qalbsiz tana kabi…

18.03.2026 13:42 74 marta ko'rildi

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan viloyat va tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari jamg‘armalarini yangi va sara adabiyotlar bilan boyitish maqsadida yuksak ma’naviy ahamiyatga ega bo‘lgan xayrli ish amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Alisher Navoiy nomidagi Xalqaro jamoat fondi hamkorligida nashr etilgan, buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi va turkiy adabiyotning bunyodkori Alisher Navoiyning bebaho asarlaridan iborat kitoblar to‘plami viloyat va tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlariga hadya etildi.

Sovg‘a qilingan kitoblar to‘plami Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi va O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi kabi ulug‘ sanaga bag‘ishlangani bilan yanada ahamiyatlidir. 100 jildlik asarlar to‘plamining 33-jildidan 63-jildigacha bo‘lgan qismi — 51 nomdagi 1581 nusxa kitob kitobxonlar, ayniqsa, talaba-yoshlar uchun ma’naviy kamolot, yuksak tafakkur va milliy merosimizni anglash yo‘lida beqiyos manba bo‘lib xizmat qiladi.


Ushbu beg‘araz va qimmatli sovg‘alar uchun Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ma’muriyatiga Bobur nomidagi Andijon viloyati axborot-kutubxona markazi rahbariyati, xodimlari hamda minglab kitobsevar kitobxonlar nomidan samimiy minnatdorchilik bildiramiz.


Bunday ezgu ishlar ma’naviyatimizni yuksaltirishga, kitobxonlik madaniyatini keng yoyishga va yosh avlod qalbida adabiyotga mehr uyg‘otishga xizmat qilaverishini tilab qolamiz.

PDF Ko'rish
Kutubxona bot Onlayn
Salom! 👋 Qanday yordam bera olaman?