8 onlayn
UZ RU EN

Ziyo maskaniga sayohat

19.03.2026 11:39 112 marta ko'rildi

Bugun Bobur nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Andijon davlat universiteti Filologiya fakulteti 2-bosqich 203-guruh talabalari uchun mazmunli va taassurotlarga boy ekskursiya tashkil etildi. Mazkur tashrif yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularni zamonaviy axborot manbalari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida uyushtirildi.

Ekskursiya davomida talabalar kutubxonaning keng va boy kitob fondi, zamonaviy xizmat turlari hamda ilg‘or elektron resurslardan foydalanish imkoniyatlari bilan tanishdilar. Ayniqsa, raqamli texnologiyalar asosida yo‘lga qo‘yilgan xizmatlar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Mutaxassislar tomonidan kutubxonadan samarali foydalanish, kerakli adabiyotlarni tez va oson topish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, talabalarga axborot-kutubxona markazida muntazam ravishda o‘tkazib kelinayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar va adabiy kechalar haqida ham batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Bu esa yoshlarning nafaqat ilmiy, balki ma’naviy dunyosini boyitishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tashrif davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar. Ular kutubxona imkoniyatlaridan keng foydalanish, mustaqil ta’limni samarali tashkil etish borasida foydali bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Mazkur ekskursiya talabalarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularni ilm-fan va izlanishlarga yanada ruhlantirish, shuningdek, bilim maskanlariga bo‘lgan hurmat va e’tiborini mustahkamlashga xizmat qiladi.

PDF Ko'rish
Kutubxona bot Onlayn
Salom! 👋 Qanday yordam bera olaman?